24-yanvar TTA Dermatovenerologiya kafedrasining RTTKK bazasida talabalar ilmiy jamiyati bo‘lib o‘tdi.

TIJni tabrik so‘zi bilan rais Xalitov I.I. ochib berdi. Xar bir talaba o‘zining ilmiy mavzusini taqdimot qilib berdi.

Ilmiy ishlar uchun materiallar va ma’lumotlarni yig‘ish, slaydlar dizayniga alohida e’tibor bergan uchta talabaning ilmiy ishi boshqalarnikidan ajralib turdi va eng muhimi ular o‘z ishlarining ilmiy yangiligini namoyish eta oldilar.

Birinchi o‘rinni davolash fakultetining 401 guruhi talabasi Misirova Shirin oldi. Ilmiy rahbar: Dotsent Mirodilova F.B

Ikkinchi o‘rinni davolash fakultetining 404 guruhi talabasi Reyimova Nafisa 404 oldi. Ilmiy rahbari: Katta o’qtuvchi Xashimov F.F.

Uchinchi o‘rinni davolash fakultetining 404 guruhi talabasi Habibova Feruza oldi. Ilmiy rahbari: Toxtaev G‘. Sh.

Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar, shuningdek faxriy o‘rinlarni olgan talabalar sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Biz barcha ishtirokchilarni tabriklab, ularni ilmiy yo‘lda to‘xtab qolmasliklarini tilab qolamiz.

 

 

 

 

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.