DERMATOVENEROLOGIYA va KOSMETOLOGIYA KAFEDRASI
Shifokor – dermatovenerologlarni tayyorlash va O’rta Osiyeda dermatovenerologiya ilmiy muammolarini qayta ishlash jarayoni 1920 yilda Turkiston Universitetining tibbiyot fakultetida teri va tanosil kasalliklar kafedrasini ochilishi bilani bog‘liq. Klinik bazasi 30ta o‘ringa mo‘ljallangan Toshkent gospitalida ochildi. Birinchi bo‘lim mudiri Peterburg dermatovenerologlar maktabining professori Anatoliy Ilich Lebedev (1888 – 1923) bo‘lgan va 1923 yillarga qadar boshqargan. 1921 yilning aprelida NarKomZdravda foxishabozlik va zaxmga qarshi ko‘rashish komissiyasi tuzildi. Uning say-harakatlari bilan 1922 yilning 17 iyulida 22 kasalga mo‘ljallangan klinika tashkil topildi. 1924 yilda esa 30 kasalga mo‘ljallangan birinchi teri – tanosil dispanseri (TTD) ochildi. TTD ochilishi munosabati bilan zaxm va yukumli dermatozlarga qarshi rejali kurash boshlangan.
Isay Samoylovich Milman (1924 – 1930)
1924 – 1930 yillarda kafedra mudiri – t.f.d. professor Isay Samoylovich Milman (1924 – 1930) bo‘lgan. 1922 yilda bakteriologik institutda serologik laboratoriya tashkil topilgan. U yerda antigen va gemolitik zardobni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Kasallarga mo‘ljallangan o‘rinlar 35taga ko‘paytirilgan, laboratoriyalar kengaytitirilgan. Professor Milman I. S.ning ishtirokida 1925 yilda dermatovenerologlarning ilmiy kengashi tashkil etilgan.
1925 yil Toshkentda o‘tkazilgan O’rta Osiye shifokorlarning ikkinchi ilmiy s’ezdida axolining tekshiruv natijalari, zaxm va yukumli dermatozlar haqida ma’lumotlar berildi. Respublikaning 8ta tumanida zaxm bilan zararlanganlar 0.9% – 12.5% tashkil etgan va ulardan 69.6 % uchlamchi zaxmni tashkil qilgan.
Anatoliy Iosifovich Kartamishev (1930 – 1940)
1930 yilda Kiyev dermatovenerologlar maktabinig namoyondasi teri – tanosil kasalliklari kafedrasining mudiri Anatoliy Iosifovich Kartamыshev saylandi. Uning saylanishi bilan ilmiy ishlar aktivlashtirildi, ma’ruza zallari, qo‘shimcha palatalar qurildi, kasallarga mo‘ljallashtirilgan o‘rinlar 65 taga yetdi. Serologik laobaratoriya tashkil qilindi, klinikada teri – tanosil dispanseri ish yurita boshladi. Keyinchalik u mustaqil Toshkent Viloyat dispanseriga aylantirildi. Kafedrada professor A. I. Kartamыshev, dotsent A. S. Zilmanovich, katta assistent A. A. Akovbyan, aspirant S. X. Kapina, assistent G. I. Umanskiy, laboratoriya mudiri A. Ya. Degtyar ish olib borishgan.
Svetan Angelovich Krestanov (1940 – 1945)
1940 yilda ToshDavTi teri – tanosil kasalliklari kafedrasini Moskva dermatovenerologlar maktab namoyondasi professor S. A. Krestanov boshqargan. S. A. Kristanov kafedra mudiriligi payti Ulug‘ Jahon Urushi (UJU) paytlariga to‘g‘ri kelgan va shu yillarda dermatologik bemorlar asosan Toshkent gospitallarida davolangan. Kafedra professori bo‘lib d.m.n. Akovbyan A. A., dotsent bo‘lib k.m.n. Kapin tanlangan. K. P. Kamzolova, K. M, Ternovenko, R. P. Kats, P. F. Beredins, A. M, Brodskiy, M. Ya. Kaylan assistentlar bo‘lgan. M. A. Gulyamova, K. S. Suleymanov va U. A. Abdullayev aspirantlar bo‘lgan. UJU tugaganda S. A. Kristanov uz yurtiga Bolgariyaga ketadi va uyerda Bolgariya akademigi bo‘lib uzoq yillar Universitet rektori bo‘lib ishlaydi.
Armais Aristogesovich Akovbyan (1945 – 1971)
1945 y. kafedra mudiri bo‘lib tibbiyot fan doktori, professor, respublikada xizmat ko‘rsatgan ilm fan arbobi 1971 yilgacha kafedrani boshqargan. Ularni qo‘l ostida birmuncha tibbiyet fan doktorlari (U. M. Miraxmedov, K. S. Suleymanov, R. A. Kapkayev) va tibbiyet fan nomzodlari tayerlangan. A. A. Akovbyan 100dan ortiq nashrlar va 10ta original monografiyalar muallifidir. Ko‘p yillarda ToshDavTi talabalar ilmiy jamoasini ilmiy rahbari bo‘lgan. Shu yilllarda kafedra dotsentlari S. X. Kapina, K. P. Kamzolova bo‘lgan, assistenlar U. M. Miraxmedov, K. S. Suleymanov, K. M. Ternovenko, P. F. Beryozina, M. A. Gulyamova, aspirant Kapkayev R. A. bo‘lgan. Keyinchalik U. M. Miraxmedov, M. A. Gulyamova, R. A. Kapkayev dotsent bo‘lishgan, assistenlar tibbiyot fan nomzodi Ye. M. Donilyans, A. A. Brukson, M. M. Abidov, N. A, Yaronskaya, ordinatorlar L. A. Askaturova, Ya. S. Bujin, B. A. Kirillov, D. K. Kozlova, T. M. Kasixina, I. A. Timofeyev, Z. T. Talipov, serologik laboratoriya mudiri L. S. Kim, klinik ordinatorlar S. S. Saipov, Sh. D. Eshonxodjayev, biokimyo laboratoriya mudiri M. G. Abidov bo‘lganlar.
Usman Miraxmedovich Miraxmedov (1971 – 1991)
1971 yilda kafedra mudiri bo‘lib tibbiyot fan doktori professor Usman Miraxmedovich Miraxmedov (1918 – 1994) Ulug‘ Jaxon Urushi qatnashchisi, zaxm serodiagnostikasida, zaxm erta diagnostikasi va zaxmning yangi davolash usullarini ishlab chiqqan. Ular 300tadan ortiq ilmiy nashrlar va 10 ta monografiya muallifidir. Shu yilllarda kafedra professor Kapkayev R. A., dotsentlar M. A.
Gulyamova, K. P. Kamzolova, M. M, Abidov, assistentlar Ye.I. Danilyans, L.A., Assaturova, A.M. Karimov, S.S. Saipov, B.Yu. Yusupov ishlaganlar.
Radik Abdullayevich Kapkayev (1975 — 1999)
Tarixining yangi saxifalaridan biri O’rta Osiye temir yo‘llar teri-tanosil dispanserining ochilishi bo‘ldi,professor R. A. Kapkayev boshligida keyinchalik 1976 y. u ToshDavTIning davolash fakulteti kafedrasiga aylantirildi, . 80 ta kasalga mo‘ljallashtirilgan kafedraning klinik bazasi tashkillashtirildi (O’rta Osiyo temir yo‘llar TTD) va kiska muddat ichida eng zamonaviy texnik anjomlar bilan ta’minlangan klinikaga aylantirildi. Kafedrada dotsent Vaisov A. Sh., ass. Abolyans L. A., Akovbyan V. A., Asaturova L. A., Donilyans Ye. I., Kadqrov E. A., Kim E. G., Lyuban B. L., va boshqalar ishlaganlar. Keyinchalik kafedrada professor Ismailova G. A., dots. Lyuban B. L., Kadqrov E. A., Bekmuradova E. E., ass. Talanin K. Yu., M. K. Kan, Sh. N. Muratxodjayeva, B. I. Muxamedov, Yusupova D. M., Miraxmedova B. U., A. F. Ibragimov, A. F. Artыkov, U. A. Yusubaliyev, N. F. Garib, U. A. Tashkenbayeva ishlaganlar. Professor Kapkayev R. A. uzining maktabini tashkil etib, 6 doktor (Akovbyan V. A., Vaisov A. Sh., Kim E. G., Ismailova G. A., Alimov B. D., Sadыkov A. A.) va 20 dan ortiq tibbiy fan nomzodlarni tayyyorlagan. U 300 tadan ortiq ilmiy maqolalar va 10 tadan ortiq monografiya atlas muallifidir.
Vaisov Adxam Shavkatovich (1991 — 2012)
Professor Vaisov A. Sh., Kapkayev R. A. o‘quvchisi bo‘lgan. 1991 y. 2 ToshDavTI teri – tanosil kasalliklari kafedra mudiri bo‘lib tanlangan. 1991 yil oxirgi SSSR s’ezdida Vaisov A. Sh. umumiy ittifoq dermatovenerologlar va Toshkent shahar xamda Uzbekiston Respublika dermatovenerolglar kengashi raisi qilib tayinlandi.Ular tibbiyot doktor va nomzodlar dissertatsiyasini teri – tanosil kasalliklar mutaxassisligi bo‘yicha yoqlash maxsus kengashni boshqaradi.
Ismailova Guli Amindjanovna (1999 – 2005)
1999 – 2005 yillarda 1 ToshDavTining kafedra mudiri Ismailova G. A. bo‘lgan. Kafedraning asosiy vazifalariga umumiy amaliyot shifokori va magistrlarni 14.00.11 yo‘nalish bo‘yicha tayyyorlash kirgan. 2005 yildan magistrlarni tayyorlash programmasining direktori etib saylangan. 160 ortiq ilmiy ish, shulardan 3 o‘quv dasturi, 6 metodik kullanmalar, 8 patent va 38 xorijiy nashrlar muallifidir. Ularning ko‘l ostida 8 ta nomzodiy dissertatsiyalar yoqlangan.
Allayeva Muyassar Jaloliddinovna (2012 – 2015)
2012 iylda TTA teri tanosil kasalliklari kafedra mudiri bo‘lib saylangan. 1999 – 2003 yillarda Respublika dermatovenerologiya markazida kichik mutaxasis bo‘lib ishlagan. 2009 yilda “Prognozirovaniye zabolevayemosti i lecheniya trixofitii s uchetom faktorov okrujayuщey sredы” nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 2 o‘quv metodik ishlar, 40dan ortiq ilmiy xorijiy maqolalar muallifi.
Tashkenbayeva Umida Alisherovna (2015 – b.k.k)
2015 yil TTA teri – tanosil kafedrasi mudiri bo‘lib saylangan. 2015 iyldan buyon tibbiyot fan doktori, kafedra mudiri lavozimida ishlamoqda. 2005 – 2007 yillarda TTAning stomatologiya fakulteti 3-4 kurs bo‘yicha dekan muovini bo‘lib ishlagan. 2014 yildan 2015 yilgacha Toshkent tibbiyot akademiyasida ilmiy kotib bo‘lib ishladi. 2015 yil “Patogeneticheskiye aspektы kompleksnogo lecheniya allergicheskix vaskulitov koji” doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 5 o‘quv metodik ishlar, 50 dan ortiq ilmiy xorijiy maqolalar muallifi.