
1-son dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi mudiri .Professor tibbiyot fanlari doktori
Tashkenbayeva Umida Alisherovna
1973 yil 29 iyunda tug‘ilgan, millati o‘zbek.
1996 yilda Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti davolash fakultetini tamomlagan va Teri va tanosil kasalliklari kafedrasiga klinik ordinaturaga qabul qilingan.
1998 yilda vrach-dermatovenerolog mutaxassisligini olgan.
1998–2001 yillarda ushbu kafedrada aspirantura bosqichida tahsil olgan.
2002 yilda professor R.A. Kapkaev rahbarligida
“Kliniko-epidemiologicheskie zakonomernosti sifilisa i prognozirovanie zabolevaemosti metodom matematicheskogo modelirovaniya” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va Teri va tanosil kasalliklari kafedrasiga assistent lavozimiga qabul qilingan.
2005–2012 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasining Tibbiy profilaktika fakulteti Teri va tanosil kasalliklari kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritgan.
2005–2007 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasining Stomatologiya fakulteti 3–4 kurslari dekan muovini lavozimida ishlagan.
2012–2014 yillarda dotsent lavozimida faoliyat yuritgan.
2014–2015 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida ilmiy kotib lavozimida ishlagan.
Talabalarga ta’lim berish bilan bir qatorda “Patogeneticheskie aspekty kompleksnogo lecheniya allergicheskix vaskulitov kozhi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2015 yildan hozirgi vaqtgachaToshkent tibbiyot akademiyasida va hozirda Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-son dermatovenerologiya va Kosmetologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

