17-18 dekabr kunlari Toshkent Tibbiyot Akademiyasida Tibbiyot oliy o’quv yurtlari bakalavr talabalari o’rtasida «Sog’lom turmush tarzi» Xalqaro olimpiadasi bo’lib o’tdi. 4-seksiya yo’nalishi tarkibida Dermatovenerologiya, Akusherlik va ginekologiya, Pediatriya yo’nalishlaridan qizg’in bellashuv bo’ldi. Barcha tibbiyot oliy o’quv yurtlaridan talabalar ishtirok etishdi va nominatsiyalar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritishdi.

Dermatovenerologiya kafedrasi hodimlari ushbu olimpiadada aktiv ishtirok etishdi. Kafedra mudiri t.f.d. U.A. Tashkenbayeva hay’at a’zosi tarkibida bo’lib olimpiada haqqoniy va yuqori darajada o’tishiga, Andijon Tibbiyot Instituti Dermatovenerologiya kafedrasi mudiri professor A.B. Pakirdinov mehmon ha’yat a’zosi sifatida ishtiroki ta’minlandi. Olimpiada yuqori kayfiyatda va bayromona ruhda o’tdi. Barcha talabalar nafaqat ishtirokdan, balki do’stlik aloqlari o’rnatilganidan hursand bo’lishdi.

 

 

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.