Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasida «Dermatovenerologiya» fanidan xalqaro talabalar olimpiadasi bo’lib o’tdi.
Olimpiada ko’tarinki ruhda boshlandi. Tadbirni kafedra mudiri t.f.d. U.A. Tashkenbayeva ochib berib, barcha qatnashchilarga omadi tiladilar. Olimpiada 3 bosqichda bo’lib o’tdi.
1-bosqich «Google test» platformasida testlarni yechish;
2-bosqich «Zoom» platformasida situatsion masala;
3-bosqich «Blits» savollar.
Yildan yilga Dermatovenerologiya faniga talabalar qiziqishi ortib bormoqda, nafaqat mahalliy tibbiyot oliygohlari balki horijiy talabalar ham ishtirok etishmoqda.
Xorijiy ishtirokchilar tadbir so’ngida olimpiada yuqori saviyada va haqqoniy o’tganligi, kelgusida hamkorlikda shunday tadbirlarda yana ishtirok etishligini aytib o’tib, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi.
Barcha qatnashchilar hay’at a’zolari tomonidan baholandi va g’oliblar taqdirlandi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.