Toshkent tibbiyot akademiyasining Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi sizlarni autoimmun kasalliklarni molekulyar tashxislash bo’yicha yirik olim Brandenburg universiteti (Germaniya) professori Dirk Roggenbukning onlayn ma’ruzasiga taklif qiladi.
Ma’ruza mavzusi: Autoimmun kasalliklarni hamda COVID-19 dan keyingi asoratlarni tashxislash: xalqaro standartlardan klinik amaliyotgacha
Ma’ruzaga talabalar, magistrlar, doktorantlar va barcha ilmiy xodimlar taklif etiladi
O’tkazilish sanasi: 2023-yil, 16-mart
O’tkazilish vaqti: 12:00
O’tkazilish joyi: TTA huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi zali